“El-yurt umidi” jamg‘armasida stipendiyalar saralash tanlovi o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasida navbatdagi stipendiyalar saralash tanlovi boshlandi.

“Fan va ilmiy-tadqiqotlar”, “Sog‘liqni saqlash”, “Davlat boshqaruvi” va “Iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari” yo‘nalishlari bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda.

Jamg‘arma Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq, respublikamizning barcha hududlardagi nomzodlar uchun bir xil va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, stipendiya tanloviga nomzodlardan hujjatlar jamg‘armaning www.eyuf.uz internet manzili orqali on-line tarzda elektron shaklda qabul qilinmoqda.

Hujjatlar qabul qilish joriy yil 20 fevraldan 20 martga qadar amalga oshiriladi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovlari tartibi, qoidalari va saralash tanlovi o‘tkazish jarayonlari to‘g‘risida ma’lumotlar muntazam ravishda jamg‘armaning www.eyuf.uz sayti orqali berib borilmoqda. Stipendiya nomzodlari mazkur saytga muntazam kirib turishlari so‘raladi.

Qadrli yoshlar “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalar saralash tanlovida faol qatnashing.